8.02.2026 sanasida “Prezidentga murojaat” rasmiy Telegram kanali orqali murojaat etgan fuqaro Xodjakanova Tamaraning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 3-sonli pediatriya bo’limida qizi Sakenova Gulchexraga (11.03.2017 y.t.) nisbatdan noto’g’ri inyeksiya qilinganligi va shu sababli talvasa va bosh og’rigi qolganligi to’g’risida arizasi atroflicha o’rganildi.
Haqiqatdan ham 24.10.2022 sanasida (ya’ni 3,5 yil avval) bemor S.G. (11.03.2017 y.t.) RShTYoIM 3-sonli pediatriya bo’limida “Ikki tomonlama pnevmoniya, o’choqli shakli, o’tkir kechuvchi. Asorati – markaziy nerv tizimi intoksikatsiyasi, talvasa sindromi bilan: 1-darajali kamqonlik” tashhisi bilan davolangan va davolanish paytida hamshira N.Turgunova tomonidan Seftriakson dori vositasi vena ichiga yuborilgan va o’sha vaqtda bemorda talvasa huruji kuzatilgan. So’ng, ko’rsatilgan yordamdan keyin bemorni ahvoli barqarorlashgan va keyinchalikda qoniqarli ahvolda bemor ambulator kuzatuvga chiqarilgan. Ta’kidlash joizki, bemorda talvasa sindromi avval ham kuzatilgan bo’lib, Benzonal dori vositasi buyurilgan edi, lekin ohirgi oylarda onasi tomonidan to’htatilgan edi.
Ushbu voqea yuzasidan ham fuqaro T.Xodjakanova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga shikoyat bo’lgan edi va unga RShTYoIMning 15.11.2022 yildagi 02-01/2332 (и) sonli xati yuborilgan (tekshiruv natijasida hamshira N.Turgunovaga “xayfsan” e’lon qilingan, fuqaro T.Xodjakanovadan e’tirozi yo’qligi dalolatnoma yozilgan).
03.03.2026 yilda fuqaro T.Xodjakanova bilan telefon orqali muloqot o’tkazilgan va bevosita tibbiy xodimlarga e’tirozi yo’qligi qayta takidlangan va qizi G.S. mavjud surunkali kasallkiklari sababli tibbiy ko’rik va tegishli davolash o’tkazilishi rejalashtirilgan.


