Assalomu alaykum!
RShTYoIMda 2026-yil uchun tayanch doktorantura (Phd) va doktoranturaga (DSc) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha tanlovga yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali hujjatlar joylashtirish kerak!
14.00.40 Shoshilinch tibbiyot
14.00.37 Anesteziologiya va reanimatologiya
14.00.27 Xirurgiya
14.00.06 Kardiologiya
Tayanch doktorantura (PhD)ga oʼqishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma'lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);
2. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan);
3. Qisqacha biografik maʼlumotnoma; (obyektivka - namuna 3,5 shakl boʼyicha o’zbek tili yoki rus tili shaklda);
4. Xorijiy til sertifikati (kamida B1 darajasida);
5. Davlat mukofotlari (majburiy emas);
Doktorantura (DSc)ga oʼqishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma'lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);
2. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan PhD ilmiy darajasini olgandan so'ng nashr etilgan);
3. Qisqacha biografik maʼlumotnoma; (obyektivka - namuna 3,5 shakl boʼyicha o’zbek tili yoki rus tili shaklda);
4. Xorijiy til sertifikati (kamida B1 darajasida);
5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
6. Davlat mukofotlari (majburiy emas);
Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-279-95-50


